Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek xalqi tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, harbiy yurishlari, davlat boshqaruv tizimi hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Sohibqironning adolatga asoslangan siyosati, Temur tuzuklarida aks etgan davlat boshqaruvi prinsiplari va u tomonidan asos solingan markazlashgan davlatning tarixiy ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada Amir Temur siymosining jahon tarixidagi o‘rni va zamonaviy jamiyat uchun dolzarbligi haqida ham fikr yuritiladi.