Abstract
Ekologik risklar nafaqat ijtimoiy hayotga xavf soladi, balki xoʻjalik yurituvchi subyektrlarda katta moliyaviy yoqotishlarga sabab boʻladi. Ushbu sohada “yashil” moliyaviy instrumentlarni joriy qilinishi moliyaviy risklarni kamaytirish instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Maqolada “yashil” iqtisodiyotga oʻtish istiqbollari, “yashil” moliyalashtirish tushunchasiga oid qarashlar, rivojlanish tendensiyalari, va “yashil” moliyalashtirishni tashkil etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklar va “yashil” moliyaviy instrumentlar orqali bartaraf etishi koʻzlangan moliyaviy risklarni sug’urtalash tahlil qilingan.