Abstract
O. Genrining “So‘nggi yaproq” va Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” asarlarida uchraydigan bemorlik motivi adabiy tahlil etilgan. Bunda “bemor” tushunchasining etimologiyasi, psixologiya, tibbiyot, falsafa va adabiyotdagi talqinlari chuqur yoritiladi. Bemorlik bu ikki asarda nafaqat jismoniy kasallik, balki insonning ichki ruhiy holati, umid va najot istagini ifodalovchi badiiy vosita sifatida ko‘riladi. Asarlardagi qahramonlarning ruhiy sinovlari va iroda kuchi bemorlik motivi orqali tahlil qilinadi. Tezisda bemorlik motivining adabiy asar mazmunini boyitishdagi ahamiyati, uning ramziy va estetik yuklamalari asoslangan holda tadqiq etilgan.
References
Jan-Dominik Bobi. “Skafandr va kapalak” (xotira-asar). – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2020.
O. Genri. “So‘nggi yaproq” (hikoya). – Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, turli to‘plamlar.
Camus A. “Begona”. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. (yoki rus tilida: Камю А. «Посторонний»).
(Egzistensializm adabiyotidagi asosiy g‘oyalar, yolg‘izlik, o‘lim va ruhiy holatlar talqini uchun mukammal misol.)
Dehkhoda ensiklopedik lug‘at. Eron nashri 2018.