Abstract
Prunus domestica L. turiga mansub besh xil olxo‘ri navining (Қора олу, Бертон, Венгерка фиолетовая, Венгерка домашняя, Супериор) meva rangi paydo bo‘lgandan keyingi pishish jarayonidagi sifat o‘zgarishlari 25 yoki 35 kun davomida o‘rganildi. Meva namunalari quyidagi parametrlar bo‘yicha tahlil qilindi: mevaning og‘irligi, qattiqligi, eruvchan quruq moddalar miqdori, meva rangi, shakarlar (glyukoza, fruktoza, sorbitol va saxaroza) miqdori, organik kislotalar (olma kislotasi, fumar kislotasi va shavel kislotasi) miqdori, fenol birikmalari miqdori. Fenol birikmalari miqdoriga pishish jarayoni ta’sir qilmadi. Tadqiqot natijalari navning quyidagi parametrlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi: meva og‘irligi, eruvchan quruq moddalar miqdori, qattiqlik, meva rangi, jami kislotalar konsentratsiyasi, jami fenollar va antotsianinlar konsentratsiyasi. Bu natijalar respublikamizning turli olxo‘ri navlari o‘rtasidagi farqlarni anglashda muhim ahamiyat kasb etishini asoslab berdi.
References
"Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Denizbank” hamkorligida tayyorlangan “100 ta kitobdan” iborat to‘plami.
Bo‘riev X. Ch., Baymetov K.I., Abdiqayumov Z.A. Meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.
Xudayberdiyeva L.A. “Olxo‘ri navlarini zamonaviy-an’anaviy usullarda saqlash va tashish texnologiyasi”. Toshkent: “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal., 2023.
Xudayberdiyeva L.A.,Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Studying the process of phenological monitoring of late varieties of plums grown in the climatic conditions of Namangan region”. E3S Web of Conferences 486, 02012 (2024) AGRITECH-IX 2023.
Xudayberdiyeva L.A., Xo‘janazarova M.Q. “Olxo‘rining sanoatbop navlarini tadqiq qilish hamda saqlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish”. «Eurasian Journal of Academic Research» xalqaro ilmiy jurnali (ISSN: 2181-2020). – Evroosiyo akademik tadqiqotlar jurnali. 2023.
Xudayberdiyeva L.A. “Namangan viloyatining turli hududlari va turli iqlim sharoitida yetishtirilgan olxo‘rining kechki navlari misolida fenologik kuzatuv hamda sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish”. “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni innovatsion texnologiyalar asosidagi yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. – Toshkent. 2023.