Abstract
So`nggi yillarda yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi antropogen omillar ta’sirida sezilarli darajada buzilmoqda. Ularning tarkibida nitratlar, og`ir metall tuzlari, pestitsid qoldiqlari va boshqa kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning yuqori darajasi aniqlangan. Ushbu toksik moddalar organizmda oksidlovchi stressni kuchaytirib, reproduktiv tizimning asosiy a’zolaridan biri bo`lgan urug`donlarga morfofunksional va anatomogistologik zarar yetkazadi.
