Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri — Isajon Sulton ijodida mifologik obrazlarning qo‘llanishi va ularning badiiy talqini tahlil qilinadi. Muallif asarlarida xalq og‘zaki ijodi, rivoyatlar va qadimiy mifologik timsollarni zamonaviy inson ruhiyati, ma’naviy izlanishlari bilan bog‘lab, ularni yangi semantik mazmun bilan boyitadi. Tadqiqotda yozuvchining asarlarida uchraydigan mifologik obrazlarning funksional va ramziy xususiyatlari o‘rganilgan. Maqola Isajon Sulton nasrida folklor va mifopoetikaning o‘zaro uyg‘unligi, mifologik timsollar orqali inson va jamiyat muammolarining yoritilishiga e’tibor qaratadi.
References
Alisher Navoiy. Xamsa. Saddi Iskandariy. Toshkent:Yangi asr avlodi .2013-y 395-bet.
Исажон Султон. Озод.– Тошкент: Шарқ, 2012.-310- bet.