Abstract
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning o‘quvchilar nutq madaniyatiga ta’siri, xususan shevaga xos birliklarning adabiy til me’yorlariga ko‘chishi jarayoni tahlil qilinadi. Tilning jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi hamda internet tili (tarmoq tili)ning shakllanishida ijtimoiy muhitning o‘rni William Labovning sotsiolingvistik nazariyasi asosida yoritiladi. Shuningdek, David Crystal tomonidan ilgari surilgan internet tilining gibrid xususiyati va uning og‘zaki–yozma nutqqa singib borishi izohlanadi. Tilshunoslar N. Mahmudov va A. Rahmonov qarashlari asosida shevaning adabiy til uchun tabiiy manba sifatidagi o‘rni ko‘rsatilgan holda, ta’lim jarayonida adabiy me’yorlarni egallashning ahamiyati asoslab beriladi. Pedagogik yondashuv sifatida Hymesning kommunikativ kompetensiya nazariyasi qo‘llanilib, o‘quvchilarda rasmiy va norasmiy nutq vaziyatlarini farqlash, shevaga xos shakllarni adabiy variantlarga moslashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar taklif etiladi.
References
O‘zbek tilshunosligi
Mahmudov N. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2018.
Rahmonov Sh. O‘zbek shevalari. – T.: Fan, 2015.
Mirzayev I. Adabiy til me’yorlari va nutq madaniyati. – T.: Akademnashr, 2019.
Xorijiy manbalar:
Labov W. Sociolinguistic Patterns. – Philadelphia, 1972.
Crystal D. Language and the Internet. – Cambridge, 2006.
Hymes D. On Communicative Competence. – 1972.
Vygotsky L. S. Thought and Language. – MIT Press, 1986.
Thurlow C., Mroczek K. Digital Discourse. – Oxford, 2011