Abstract
Ushbu tezis axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar boʻyicha soʻroq qilishning jinoyat-protsessual va kriminalistik asoslarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Raqamli muhitda sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda soʻroq qilish tergov harakati sifatida oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, u elektron dalillar, texnik jarayonlar va shaxsning raqamli faoliyati bilan bogʻliq holatlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tezisda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida soʻroq qilishning huquqiy asoslari yoritilgan, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar boʻyicha soʻroq qilish taktikasi, psixologik va texnik omillarni hisobga olish zarurligi asoslab berilgan. Xorijiy ilmiy tadqiqotlar tahlili orqali kiberjinoyatlar boʻyicha soʻroq qilish natijalarini elektron dalillar bilan oʻzaro bogʻliq holda baholash, aniqlashtiruvchi savollar qoʻllash hamda maxsus bilimlardan foydalanishning ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – T.: Adolat, 2024. – 95–109-moddalar.
Wall D.S. Cybercrime: The Transformation of Crime in the Information Age. – Cambridge: Polity Press, 2007. – P. 41–44.
Casey E. Digital Evidence and Computer Crime. – 3rd ed. – London: Academic Press, 2011. – P. 112–118.
Ищенко Е.П. Криминалистика. – М.: Норма, 2019. – С. 325–330.
Casey E. Handbook of Digital Forensics and Investigation. – London: Academic Press, 2010. – P. 201–205.
Kerr O.S. Computer Crime Law. – 4th ed. – St. Paul: West Academic, 2018. – P. 89–93.
Белкин Р.С. Курс криминалистики. – М.: Юрайт, 2018. – Т. 2. – С. 410–416.
Ж.А.Тенгизова, Р.Х.Джумаева. Допрос как следственное действие: порядок проведения и отличителные особенности // Теория и практика общественного развития. 2014. № 18. С.98-99.