BOSHLANG‘ICH TAYYORLOV GURUHIDAGI YOSH FUTBOLCHILARGA TO‘PNI BOSHQARISH TEXNIKASINI O‘RGATISH

Abstract

Bugungi kunda futbol sporti nafaqat ommaviy sport turi, balki yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va irodali etib tarbiyalashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Futbolchilarni tayyorlash tizimida boshlang‘ich tayyorlov bosqichi alohida ahamiyat kasb etib, aynan ushbu davrda sportchilarning texnik, jismoniy va psixologik asoslari shakllanadi.

Ayniqsa, yosh futbolchilarda to‘pni boshqarish texnikasini egallash keyingi tayyorgarlik bosqichlarida murakkab texnik-taktik harakatlarni samarali bajarishning muhim sharti hisoblanadi.

Boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi futbolchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar jarayonida to‘pni qabul qilish, olib yurish va nazorat qilish kabi texnik elementlarni o‘rgatish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, bu jarayon ilmiy asoslangan, yosh xususiyatlariga mos va tizimli yondashuvni talab etadi. Shu sababli mazkur mavzu futbol mashg‘ulotlari metodikasini takomillashtirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

PDF (Русский)

References

Абдуллаев А.А. Юных футболистов тайёрлашнинг назарий ва услубий асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.

Вайн Х. Развитие футболиста. – Москва: Терра-Спорт, 2016.

Годик М.А. Футбол: теория и методика подготовки спортсменов. – Москва: Физкультура и спорт, 2014.

Жураев Б.Р. Болалар ва ўсмирлар футболида техник тайёргарлик. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2019.

Келлер К. Детско-юношеский футбол: обучение и развитие. – Санкт-Петербург: Питер, 2017.

Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. – Москва: Физкультура и спорт, 2010.

Рахимов Ш.Х. Ёш спортчиларни тайёрлашнинг педагогик асослари. –, 2015 Тошкент: O‘qituvchi.

Соколов А.В. Техника футбола и методика её обучения. – Москва: Академия, 2013.

УЕФА. Grassroots Football Development Manual. – Nyon: UEFA, 2020.

ФИФА. FIFA Training Centre: Youth Football Development. – Zurich: FIFA, 2021.