Аннотация
Yumshoq to‘qimalar o‘smalari mushak, yog‘, biriktiruvchi to‘qima, qon tomirlar hamda nerv elementlaridan rivojlanadigan geterogen patologik jarayonlar guruhini tashkil etadi. Ushbu o‘smalar klinik jihatdan turli ko‘rinishda namoyon bo‘lib, ularning aniq diagnostikasi davolash strategiyasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy radiologiyada yumshoq to‘qimalar o‘smalarini aniqlashda ultratovush tekshiruvi (UTT), kompyuter tomografiyasi (KT) va magnit-rezonans tomografiya (MRT) usullari qo‘llaniladi.
Shulardan ultratovush tekshiruvi invaziv bo‘lmaganligi, xavfsizligi, real vaqt rejimida tasvir olish imkoniyati hamda iqtisodiy jihatdan qulayligi bilan ajralib turadi. Mazkur tezisda yumshoq to‘qima o‘smalarini aniqlashda ultratovush tekshiruvining diagnostik imkoniyatlari, exografik belgilarining tahlili hamda boshqa radiologik usullar bilan solishtirgandagi afzalliklari ko‘rib chiqiladi.
Библиографические ссылки
Rumack C.M., Wilson S.R., Charboneau J.W. Diagnostic Ultrasound. Elsevier, 2018.
Bianchi S., Martinoli C. Ultrasound of the Musculoskeletal System. Springer, 2007.
Allan P., Baxter G., Weston M. Clinical Ultrasound. Churchill Livingstone, 2011.
Grainger & Allison. Diagnostic Radiology: A Textbook of Medical Imaging. Elsevier, 2021.
Brant W., Helms C. Fundamentals of Diagnostic Radiology. Lippincott Williams & Wilkins, 2012.
Begmatov R., Abdullayev Sh. Radiologiya asoslari. Toshkent, 2019.
Hricak H., Higgins C. MRI and Ultrasound in Soft Tissue Tumors. Radiologic Clinics, 2017.