Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Guljamol Asqarova ijodida antisemiya hodisasining badiiy va nazariy talqini tahlil qilinadi.
Shoira poetik matnlarida qo‘llangan ayrim leksemalarning kontekstda turli, ba’zan o‘zaro zid semantik qirralarni namoyon etishi emotsional va uslubiy omillar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Antisemiyaning obrazlilikni kuchaytirish, lirik kechinmalarni teranlashtirish hamda poetik nutqning estetik ta’sirini oshirishdagi o‘rni she’riy misollar asosida ko‘rsatib beriladi.
Tadqiqot natijasida G. Asqarova she’riyatida antisemiya ruhiy iztiroblar, ichki ziddiyatlar va ijtimoiy-falsafiy qarashlarning badiiy ifoda vositasi sifatida faol qo‘llanishi aniqlanadi.
References
Asqarova G. “Uyg‘otuvchi alla”.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2018-yil
Abdullayeva D. O‘zbek tilida antisemiya. Toshkent, 2010-yil