Abstract
Mazkur ishda O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan shtrixli kodlash tizimi, uning xalqaro EAN/GS1 standartlari bilan uyg‘unligi hamda mahsulotlarni identifikatsiyalashdagi ahamiyati yoritilgan. Shtrixli kodlash tizimining paydo bo‘lish tarixi, tuzilishi, asosiy vazifalari va savdo jarayonlaridagi o‘rni keng tahlil qilingan. EAN-13 va EAN-8 turidagi kodlarning tarkibiy qismlari, ulardagi mamlakat prefiksi, korxona kodi, mahsulot kodi va nazorat raqami haqida ma’lumot berilgan.Shuningdek, shtrixli kodlarni bosishga qo‘yiladigan texnik talablar, skaner yordamida o‘qilish jarayoni, rang va o‘lchamlarning ahamiyati ham batafsil bayon etilgan. Mahsulot qadog‘iga shtrix kodlarni joylashtirish, ularni maxsus dasturlar va printerlar yordamida tayyorlash hamda bosmaxonalarda chop etish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ishda GS1 Uzbekistan uyushmasining faoliyati, O‘zbekistonga biriktirilgan 478 prefiksi, korxonalarga global identifikatsiya raqamlarini berish tizimi va bu tizimning xalqaro savdodagi o‘rni yoritilgan. Bundan tashqari, shtrixli kodlash tizimining omborxona hisobi, logistika, kutubxona, pochta va chakana savdo sohalaridagi qo‘llanilishi ham tahlil qilingan.Mazkur mavzu orqali shtrixli kodlash tizimi mahsulotlarni avtomatik identifikatsiyalash, savdo jarayonlarini tezlashtirish, inson omili sababli yuzaga keladigan xatolarni kamaytirish hamda tovar aylanishini samarali tashkil etishda muhim vosita ekanligi asoslab berilgan.
References
Ismatullayev P.N., Patyakubova P.M., Turayev Sh.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. — Toshkent: O‘qituvchi, 2014. — 320 b.
Mahmanov U.O., Amirqulov U.O. Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish. — Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2019. — 286 b.
Mahmanov U.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. — Qarshi, 2023. — 250 b.
Ismatullayev P.R., Qodirova Sh.A. Metrologiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. — Toshkent, 2012. — 198 b.
Mahmanov U.A., Azizov R.Q. Metrologiya va standartlashtirish. O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. — 224 b.
GS1 International. GS1 General Specifications. — Brussels: GS1 AISBL, 2024.
ISO/IEC 15420:2009. Information technology — Automatic identification and data capture techniques — EAN/UPC bar code symbology specification. — International Organization for Standardization, Geneva, 2009.
GS1 Uzbekistan uyushmasi rasmiy sayti. — https://gs1uz.org
O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, 2022.
O‘z DSt ISO/IEC standartlari to‘plami. Shtrixli kodlash va avtomatik identifikatsiyalash tizimlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar. — Toshkent, 2021.
Woodland N.J., Silver B. Barcode Identification System and Applications. — New York, 1952.
Ginzburg V.G. Avtomatik identifikatsiya va shtrixli kodlash tizimlari. — Moskva: Standartinform, 2016. — 312 b.