Abstract
Mazkur tezista tarbiya fanini oʻqitishda klaster texnologiyasidan samarali foydalanishning metodik jihatlari yoritiladi. Klaster texnologiyasi o‘quvchilarning bilimlarini tizimlashtirish, tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri sifatida qaraladi. Tadqiqotda mazkur metodni qo‘llashning didaktik imkoniyatlari, uning o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishdagi o‘rni hamda o‘quv materiallarini samarali o‘zlashtirishga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, klaster texnologiyasidan foydalanishda maqsat va mazmunning mosligi, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, faol ishtirokni ta’minlash, tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni mantiqiy tashkil etish va natijalarni tahlil qilish kabi metodik talablar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari klaster texnologiyasini amaliyotga samarali tatbiq etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
References
Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent.
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2018.
Azizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.
Klarin M.V. Pedagogicheskie texnologii v uchebnom protsesse. – Moskva: Yuniti, 2019.