Аннотация
Mazkur tezisda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Intellektual mulk nizolari texnik murakkablik, tijorat qiymati, maxfiylik va tezkor huquqiy himoya zarurati bilan odatdagi fuqarolik-huquqiy nizolardan farq qiladi. Mamlakatimizda Apellyatsiya kengashi, mediatsiya, hakamlik sudlari va xalqaro tijorat arbitraji kabi alohida institutlar mavjud bo‘lsa-da, ular intellektual mulk nizolarini sudgacha hal etishga qaratilgan yagona, bosqichli va ixtisoslashgan tizimga to‘liq birlashtirilmagan. Tezisda IP nizolari uchun normativ “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, IP-mediatsiya va IP-arbitraj mexanizmlarini rivojlantirish, texnik nizolar uchun expert determination institutini joriy etish hamda “.UZ” domen nizolari bo‘yicha tezkor ma’muriy panel yaratish taklif etiladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qarori bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi” // https://lex.uz/docs/-5987120
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 19-son qarori “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida” // https://lex.uz/docs/-6522606
O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-482, 2018-yil 3-iyul // https://lex.uz/docs/-3805227
O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-674 // https://lex.uz/docs/-5294106
World Intellectual Property Organization. WIPO Mediation, Arbitration, Expedited Arbitration and Expert Determination Rules and Clauses // https://www.wipo.int/amc/en/
ICANN. Uniform Domain Name Dispute Resolution Policy // https://www.icann.org/resources/pages/help/dndr/udrp-en