Аннотация
Korporativ muzeylar zamonaviy muzeychilik tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kompaniya, korxona va tashkilotlarning tarixi, faoliyati, qadriyatlari hamda madaniy merosini saqlash va namoyish etishga xizmat qiladi. Ular, odatda, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etilib, nafaqat xodimlar va rahbariyat, balki mijozlar, hamkorlar, talabalar, sayyohlar va keng jamoatchilik manfaatlarini ham hisobga oladi [1]. Shu jihatdan korporativ muzeylar korxonaning tarixiy xotirasi, korporativ madaniyati va sanoat merosini saqlovchi institut sifatida namoyon bo‘ladi.