Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekistonda yashil loyihalarni moliyalashtirishda xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘laridan foydalanishning amaldagi holati, asosiy moliyalashtirish usullari va mavjud muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi xalqaro moliya tashkilotlari resurslarini yashil loyihalarga samarali yo‘naltirish mexanizmlarini aniqlash hamda O‘zbekiston sharoitida ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, tarkibiy tahlil va umumlashtirish usullaridan foydalanildi. 2025-yil yakunida O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 39,821 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lib, uning 22,313 mlrd dollari yoki 56 foizi xalqaro moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mazkur mablag‘larning salmoqli qismi infratuzilma, energetika, suv ta’minoti, transport va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Shu bilan birga, yashil loyihalarni moliyalashtirishda loyiha tayyorgarligining yetarli darajada emasligi, xususiy kapitalni jalb qilishning cheklanganligi, valyuta tavakkalchiligi va uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar mavjud.
References
Asian Development Bank (2026) Asian Development Bank and Uzbekistan: Fact Sheet. Manila: Asian Development Bank. Available at: https://www.adb.org/publications/uzbekistan-fact-sheet
Asian Development Bank (2026) Uzbekistan and ADB. Manila: Asian Development Bank: ADB – Uzbekistan
Asian Development Bank (2024) Uzbekistan: Country Partnership Strategy (2024–2028). Manila: Asian Development Bank: ADB Country Partnership Strategy 2024–2028
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (2026) Davlat qarzi statistikasi: 2026-yil I choragi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (2026) Davlat qarzi statistikasi: 2025-yil yakunlari. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (2026) Davlat tashqi qarzining tarmoqlar kesimidagi tarkibi: 2026-yil I choragi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (2026) Davlat qarzining valyutalar kesimidagi tarkibi: 2026-yil I choragi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (2026) Tashqi qarz statistikasi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Available at: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
O‘zbekiston Respublikasi (2019) Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi Qonun, O‘RQ-537-son, 10 may 2019-yil. Toshkent. Available at: LexUZ – O‘RQ-537-son Qonun