Аннотация
Mazkur tezisda xalqaro sport nizolari bo‘yicha arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etishning huquqiy asoslari hamda amaliy muammolari tahlil qilinadi. Xalqaro sport arbitraji qarorlarining huquqiy kuchi, ularni boshqa davlat hududida tan olish va ijro etishda 1958-yilgi Nyu-York konvensiyasining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, arbitraj qarorini tan olish va ijro etishni rad etish asoslari, sport nizolarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda CAS qarorlarini milliy sudlar tomonidan ijro etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida xalqaro sport arbitraji qarorlarining samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.