Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiy adabiy merosining turkiy tillar, xususan, eski o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi mutafakkir ijodida turkiy tilning leksik-semantik, badiiy-uslubiy va poetik imkoniyatlarining namoyon bo‘lish xususiyatlarini yoritish hamda uning keyingi adabiy-lisoniy jarayonlarga ta’sirini aniqlashdan iborat. Maqolada “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Lison ut-tayr” va boshqa asarlar misolida Navoiyning turkiy tilga munosabati, uning lug‘aviy boylikdan foydalanish mahorati va turli janrlarda badiiy ifoda imkoniyatlarini kengaytirishdagi xizmatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Navoiy ijodining eski o‘zbek adabiy tili me’yorlarining barqarorlashuvi, badiiy tafakkur rivoji va keyingi turkiy adabiy an’analarga ko‘rsatgan ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida Navoiy merosining turkiy tillar tarixini, tarixiy leksikologiya va adabiy til taraqqiyotini o‘rganishda muhim ilmiy manba ekanligi asoslanadi.
References
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1973.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami: 20 jildlik. – Toshkent: Fan, 1987–2003.