Abstract
Mazkur tezisda XX asrning 20-yillarida Buxoro vohasida shakllangan milliy davriy matbuotning vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va tarixiy jarayonlarni o‘rganishdagi manbaviy ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqotda, avvalo, 1920–1929-yillarda Buxoro hududida faoliyat yuritgan “Buxoro axbori”, “Ozod Buxoro” va “Uchqun” kabi nashrlarning tarixiy sharoitda yuzaga kelishi hamda ularning mazmun-mundarijasi tahlil qilinadi. “Buxoro axbori”ning 1920-yil 9-sentyabrda nashr etila boshlashi Buxoro matbuoti tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur nashr BXSR hukumati bilan bog‘liq rasmiy matbuot organi bo‘lishi bilan birga, Buxoro jadid ziyolilarining siyosiy, ma’rifiy va ijtimoiy qarashlarini ifodalagan muhim minbar vazifasini ham bajargan. 1923-yildan uning o‘rnini “Ozod Buxoro” gazetasi egalladi. Tezisda davriy matbuot materiallari siyosiy tarix, iqtisodiyot, maorif, madaniyat, qishloq xo‘jaligi, vaqf mulklari, soliq tizimi, transport, xotin-qizlar masalasi, sog‘liqni saqlash va xalqning kundalik hayotini o‘rganishda muhim birlamchi manba ekanligi asoslanadi. Shuningdek, matbuot materiallarining rasmiy mafkuraviy yo‘nalishi, mualliflik pozitsiyasi va axborotni tanlash xususiyatlari manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
References
K.Rahmonov. “Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixi matbuot sahifalarida“ (1920–1924 y.).–Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2012.
Sh.A. Hayitov, S.Badriddinov , K.J. Rahmonov. “Buxoro Xalq Sovet Respublikasi: iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosat, madaniy hayot (1920–1924 yillar)”. – Buxoro, 2005.
“Buxoro axbori” gazetasi, 1920–1923-yillar sonlari.
“Ozod Buxoro” gazetasi, 1923–1929-yillar sonlari.
“Uchqun” jurnali, 1923-yildan boshlangan sonlar.
S.A. Raximov. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixini o‘rganishda matbuotning roli (1920–1924 y.). – Oriens, 2022.