GIPERPROLAKTINEMIYA FONIDA GIPOGONADIZM VA UNING OQIBATLARI
PDF

Ключевые слова

giperprolaktinemiya, gipogonadizm, gipogonadotrop gipogonadizm, prolaktin, bepushtlik, estrogen yetishmovchiligi, testosterone pasayishi, kisspeptin, dopamin agonistlari.

Аннотация

Giperprolaktinemiya qonda prolaktin darajasining patologik oshishi bilan kechadi va gipotalamus-gipofiz-gonad o‘qini buzib, ikkala jinsda ham gipogonadotrop gipogonadizm rivojlanishiga olib keladi. Bu holat ayollarda estrogen yetishmovchiligi, hayz tsikli buzilishi, anovulyatsiya va bepushtlik bilan, erkaklarda esa testosterone pasayishi, libido susayishi, erektsiya buzilishi va spermatogenezning yomonlashuvi bilan namoyon bo‘ladi. Asosiy mexanizm kisspeptin neyronlarining bostirilishi orqali GnRH pulsatsiyasining susayishi hisoblanadi. Natijada FSH va LH sekretsiyasi kamayadi, jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishi pasayadi. Uzoq davom etgan gipogonadizm suyak zichligining kamayishi, jinsiy hayot sifatining yomonlashuvi va umumiy hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dopamin agonistlari yordamida prolaktin me’yorlashganda ko‘pchilik bemorlarda gonadotrop funksiya tiklanadi, lekin ba’zi hollarda, ayniqsa erkaklarda, gipogonadizm saqlanib qolishi mumkin. Tezisda ushbu jarayonning patofiziologiyasi, klinik oqibatlari va amaliy ahamiyati yoritilgan.

PDF

Библиографические ссылки

Ergasheva G.T. Giperprolaktinemiya: etiologiyasi, diagnostikasi va zamonaviy davolash yondashuvlari // Osiyo Xalqaro Universiteti. – Buxoro, 2025.

Urunbayeva M.N. Ayollarda giperprolaktinemiya bilan kechadigan patologik sharoitlar // Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2022. – Vol. 2, № 11.

Negmatova G.Sh., Xalbayeva Z.A. Erkaklarda prolaktin sekretsiyasi buzilishlarining reproduktiv va andrologik oqibatlari // Journal of Cardiorespiratory Research. – 2026.

Xolbayeva Z.A., Negmatova G.Sh. Giperprolaktinemiyaning o‘ziga xos etiopatogenetik va klinik xususiyatlari // Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

Melmed S. et al. Diagnosis and management of prolactin-secreting pituitary adenomas: a Pituitary Society international Consensus Statement // Nature Reviews Endocrinology. – 2023.

Endocrine Society. Hyperprolactinemia. Endocrine Library.

StatPearls. Hyperprolactinemia. NCBI Bookshelf, 2025.

Overview of Hyperprolactinemia: General Approach and Reproductive Health Implications // Archives of Medical Research. – 2024.