Abstract
Farg‘ona viloyatida ro‘yxatga olingan o‘tkir osti sklerozlovchi panensefalit (O‘OSPE) bilan og‘rigan 71 nafar bemorning birlamchi epidemiologik kartalari retrospektiv tarzda tahlil qilindi va bu kasallikning mintaqadagi qiyofasi biz kutganimizdan ancha "yosh" ekani ma’lum bo‘ldi. Bemorlarning 78,9 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etdi, 85,9 foizi 2019-yilda tug‘ilgan bo’lib, qizamiqni ko‘pchilik hayotining birinchi yilida, o’rtacha 7 oyligida (IQR 5–8 oy) o‘tkazgan, ya’ni milliy kalendar bo‘yicha birinchi emlash muddati bo‘lgan 12 oylikka hali yetmasdan kasallangan. Qizamiq bilan O‘OSPE tashxisi orasidagi yashirin davr mediana bo‘yicha 49 oyni (22–75 oy) tashkil qildi, tashxis qo‘yilgan paytdagi o‘rtacha yosh esa 4,7 yil bo‘ldi, bu xorijiy adabiyotlarda keltirilgan 6–8 yillik ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada qisqa.
Olingan natijalar 2019–2020-yillardagi qizamiq ko‘tarilishi chaqaloqlar avlodida og‘ir kechikkan asoratni qoldirganini va bu yuk hali to‘liq namoyon bo‘lib ulgurmaganini ko‘rsatadi.
References
Wendorf K.A., Winter K., Zipprich J. et al. Subacute sclerosing panencephalitis: the devastating measles complication that might be more common than previously estimated // Clinical Infectious Diseases. — 2017. — Vol. 65, No. 2. — P. 226–232. doi:10.1093/cid/cix302
Schönberger K., Ludwig M.-S., Wildner M., Weissbrich B. Epidemiology of subacute sclerosing panencephalitis (SSPE) in Germany from 2003 to 2009: a risk estimation // PLoS ONE. — 2013. — Vol. 8, No. 7. — e68909. doi:10.1371/journal.pone.0068909