BADIIY ASARLARDAGI TABIAT TASVIRLARINI TARJIMA QILISHDA MADANIY-KONSEPTUAL EKVIVALENTLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI (ERNEST HEMINGWAYNING “THE OLD MAN AND THE SEA” ASARI ASOSIDA)
PDF (Русский)

Keywords

madaniy-konseptual ekvivalentlik, tabiat tasviri, badiiy tarjima, Hemingway, “Chol va dengiz”, kognitiv lingvistika, kompensatsiya.

Abstract

Ushbu tezisda Ernest Hemingwayning “The Old Man and the Sea” (o‘zbekcha tarjimada “Chol va dengiz”) asari misolida badiiy matndagi tabiat tasvirlarini tarjima qilishda madaniy-konseptual ekvivalentlikni ta’minlash muammolari yoritiladi.

Tadqiqotda dengiz, quyosh, shamol, marlin, akulalar va boshqa tabiat obrazlari shunchaki makoniy fon emas, balki chuqur kognitiv, ramziy va madaniy konseptlar tizimi sifatida tahlil qilinadi. Original matn va o‘zbekcha tarjimalar qiyosida leksik-semantik transformatsiyalar, madaniy-konseptual asimmetriya, ma’no yo‘qotilishi hamda kompensatsiya mexanizmlari aniqlanadi.

Natijada funksional-kognitiv ekvivalentlik strategiyalarining samaradorligi asoslanadi va tabiat tasvirlarini tarjima qilishda madaniy-konseptual ekvivalentlikni ta’minlashning ko‘p bosqichli modeli taklif etiladi.

PDF (Русский)

References

Hemingway E. The Old Man and the Sea. – New York: Scribner, 1952.

Xeminguey E. Chol va dengiz. – Toshkent, 1986.

Nida E. Toward a Science of Translating. – Leiden, 1964.

Komissarov V.N. Teoriya perevoda. – Moskva, 1990.

Newmark P. A Textbook of Translation. – 1988.

Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago, 1980.

Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent.

G‘afurov I. Tarjima san’ati. – Toshkent.