Аннотация
Mazkur maqolada badiiy adabiyotda Alsgeymer kasalligining obrazlar ruhiyati, xotira va shaxsiyat munosabatlari hamda insonning o‘zligini anglash jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Kasallikning badiiy talqini orqali xotiraning inson hayotidagi o‘rni, o‘tmish va bugun o‘rtasidagi uzviylik, oilaviy munosabatlar, yolg‘izlik, begonalashuv va insoniy qadriyatlar masalalarining yoritilishi tadqiq etiladi. Shuningdek, xotira zaiflashuvining obraz xarakterini ochish, ruhiy ziddiyatlarni kuchaytirish, syujet va kompozitsion qurilishga ta’sir ko‘rsatish kabi badiiy vazifalari ochib beriladi. Maqolada Alsgeymer kasalligi faqat tibbiy muammo sifatida emas, balki inson mohiyati, xotira va o‘zlik munosabatlarini ifodalovchi badiiy-psixologik hodisa sifatida talqin qilinadi.
Библиографические ссылки
Genova, L. Still Alice. New York: Simon & Schuster, 2007.
Proust, M. In Search of Lost Time. London: Penguin Books.
Franzen, J. The Corrections. New York: Farrar, Straus and Giroux, 2001.
Ricoeur, P. Memory, History, Forgetting. Chicago: University of Chicago Press, 2004.
Tulving, E. Elements of Episodic Memory. Oxford: Clarendon Press, 1983.
Freud, S. The Interpretation of Dreams. London: Macmillan.
Jung, C. G. Man and His Symbols. London: Aldus Books, 1964.
Quronov, D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent: Akademnashr.