Аннотация
Globallashuv jarayonida axborot manbalarining shiddat bilan tarqalishi, ijtimoiy ahamiyatga molik (ilmiy, texnologiyaga oid, madaniy va boshqalar) axborot ko‘lamining nihoyatda oshib borishi har qanday jamiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib ishlab chiqarishda axborotlarni yaratish, uzatish, qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, ko‘paytirish, jarayonlarni avtomatlashtirishga hamda axborotni kitoblar, gazetalar, foto va kino ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan an’anaviy axborot texnologiyalari bilan bir qatorda yangi turdagi axborot texnologiyalari vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Yangi axborot texnologiyalari an’anaviylarini siqib chiqarayotgani yo‘q, lekin shu bilan birga axborotlar miqdori kamayayotgani ham yo‘q. Jamiyatda esa insonning axborotlarga moslashuvi yoki boshqacha aytadigan bo‘lsak, axborotga adaptatsiya muammosi yuzaga kelmoqda. Ko‘p sondagi belgili tizimlarni paydo bo‘lishi va rivojlanishi, uning natijasi o‘laroq ko‘pkomponentli “axborot maydoni”ni tashkil topishi o‘ziga xos axborotlar olamini tashkil etadi. Vizual va audiovizual axborotdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish muammolari bilan zamonaviy pedagogikada vizual savodxonlik (nemischa visual literacy) deb nomlangan yo‘nalish shug‘ullanadi[1].
[1] СтепановГ.В.Стихияязыкавстихииспоров,Литературная газета.№26. 1984// ШмелевД.Н.Русскийязыквегофункциональныхразновидностях. М., 1977/
Библиографические ссылки
Степанов Г.В. Стихия языка в стихии споров ,Литературная газета. № 26. 1984// Шмелев Д.Н. Русский язык в его функциональных разновидностях. М., 1977/
Бове К., Аренс У. Современная реклама. – Тула.: Довган, 1995// Рашков И.Я. Международное рекламное дело. – М.,1994// Колышкина Т.Б. Модели анализа рекламного текста: учебное пособие //Н.В.Аниськина, Т. Б. Колышкина – М.: Форум; НИЦ ИНФРА-М, 2013.
Медведева Е.В. Рекламная коммуникация. – М.: Едиториал УРСС, 2004
Allamberganova M.X. Informatikadan interaktiv o‘quv majmualar yaratish va ulardan foydalanish (Oliy ta’lim muassasalari misolida). Ped. fan.nomz...diss. – Toshkent, 2012.