Аннотация
Yapon tilidagi fe’lli frazeologizmlar (動詞慣用句) zamonaviy yapon tilining muhim leksik-semantik qatlamlaridan biri bo‘lib, ular shakllanishi, grammatik tuzilishi va ma’no barqarorligi jihatidan alohida ilmiy tahlilni talab qiladi. Ushbu birliklarning katta qismi “ot + fe’l” modeliga asoslangan bo‘lib, statistik jihatdan eng faol guruhni tashkil etadi. Bunday frazeologizmlar ichida ayniqsa「ヲ格」[o kaku] “o” kelishik ko‘rsatkichi orqali bog‘langan birliklar yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, 「あいづちを打つ」[aizuchi o utsu] (tasdiqlab turmoq), 「足を洗う」[ashi o arau] (Yomon yo‘ldan qaytmoq) kabi frazeologizmlarni keltirishimiz mumkin[1]. Bu holat yapon tilida harakatning obyektga yo‘naltirilganligi frazeologik birliklar shakllanishida muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
[1] 宮地裕(1982)『慣用句の意味と用法』明治書院,pp. 242.
Библиографические ссылки
宮地裕(1982)『慣用句の意味と用法』明治書院,pp. 242.
故事・ことわざ・慣用句辞典オンライン
日本文法辞典 有精堂出版株式会社、1988東京。鈴木丹士郎 473
Achilova O. Hurmat kategoriyasining muloqot samaradorligini ta’minlovchi omil sifatidagi mohiyati // Сўз санъати. 2024. № 4. – Б. 108-112 (10.00.00; №31).
Achilova O. Taqiq mazmunning dialogik nutqda faollashuvini ta’minlovchi omillar // Til va adabiyot ta’limi. – Тошкент, 2024/22. – Б. 147-149 (10.00.00; №9).