TADBIRKORLIKDA INTELLEKTUAL MULK VA UNING BIZNES QIYMATI
PDF

Ключевые слова

intellektual mulk, tadbirkorlik, innovatsiya, bilimga asoslangan iqtisodiyot, biznes qiymati, mulk huquqlari, institutsional muhit, raqobatbardoshlik.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida intellektual mulkni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Bugungi kunda innovatsiyalar va intellektual salohiyat iqtisodiy o‘sishning muhim omillariga aylanib, intellektual mulk tadbirkorlik faoliyatida strategik resurs sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada intellektual mulk huquqlarining innovatsion faoliyat, tadbirkorlik faolligi va biznes qiymatini shakllantirishdagi roli mavjud ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganilgan.

Tadqiqot jarayonida intellektual mulk huquqlarining tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi hamda ayrim sharoitlarda cheklovchi ta’siri mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, intellektual mulk huquqlarining iqtisodiy samaradorligi mamlakatlarning institutsional muhiti va rivojlanish darajasiga bog‘liq ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari intellektual mulkni faqat huquqiy tushuncha sifatida emas, balki biznes qiymatini oshiruvchi muhim iqtisodiy aktiv sifatida ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

PDF

Библиографические ссылки

Acemoglu, D., Johnson, S., & Robinson, J. A. Institutions as a fundamental cause of long-run growth. Handbook of Economic Growth, 1(A), 385–472.

Aidis, R., Estrin, S., & Mickiewicz, T. Size matters: Entrepreneurial entry and government. Small Business Economics, 39(1), 119–139.

Allred, B. B., & Park, W. G. Patent rights and innovative activity: Evidence from national and firm-level data. Journal of International Business Studies, 38(6), 878–900.

Ang, J. B. Financial development, liberalization and technological deepening. European Economic Review, 54(1), 41–61.

Baumol, W. J. Entrepreneurship, management, and the structure of payoffs. Cambridge, MA: MIT Press.

Henrekson, M. Entrepreneurship and institutions. Comparative Labor Law & Policy Journal, 28(4), 717–742.

Lin, J. Y., Sun, X., & Jiang, Y. Toward a theory of optimal financial structure. Economic Development and Cultural Change, 59(1), 1–30.

Livramento, J., & Foray, D. Intellectual property rights: An evaluation of the effects on growth and development. World Intellectual Property Organization Economic Research Working Paper.

Powell, W. W., & Snellman, K. The knowledge economy. Annual Review of Sociology, 30, 199–220.

Shane, S. A general theory of entrepreneurship: The individual-opportunity nexus. Cheltenham: Edward Elgar.