Abstract
Mazkur maqolada bolalar xor jamoalariga qo‘shiq o‘rgatishning pedagogik va metodik asoslari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Xor rahbarining mashg‘ulotlarga tayyorgarligi, repertuar tanlash mezonlari, vokal-xor mashqlarini tashkil etish hamda qo‘shiqni bosqichma-bosqich o‘rgatish metodlari yoritilgan.
Tadqiqot davomida bolalar ovozining fiziologik xususiyatlari, musiqiy eshituvni rivojlantirish, sof intonatsiyaga erishish, to‘g‘ri nafas olish, diksiya va ansambl uyg‘unligini shakllantirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilindi. Shuningdek, bir ovozli kuylashdan ikki ovozli ijroga bosqichma-bosqich o‘tish, kanon usulidan foydalanish hamda xalq qo‘shiqlarini xor repertuariga kiritishning samaradorligi asoslab berildi. Mazkur maqola umumta'lim maktablari, bolalar musiqa va san'at maktablari, xor studiyalari rahbarlari hamda musiqa ta'limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun metodik tavsiya sifatida amaliy ahamiyatga ega.
References
Abdurashidov, M. Bolalar xor jamoasi bilan ishlash metodikasi. T: Yangi asr avlodi. 2020.
Egamberdiyev, B. Vokal-xor ijrochiligi asoslari. T: Musiqa. 2016.
Kodály, Z. The Selected Writings of Zoltán Kodály. London: Boosey & Hawkes. 1974
Mansurov, A. Xorshunoslik va xor dirijyorligi. T: O‘qituvchi. 2008.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi. Musiqa fani o‘quv dasturi. T. 2023.
Sharipov, Sh. Musiqa ta'limi metodikasi. T: Tafakkur Bo‘stoni. 2019.