Аннотация
Mazkur Ushbu tezisda O‘zbekiston shaharlarida ekologik barqaror va energiya samarador binolarni loyihalash hamda yashil makonlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Mamlakatning issiq va quruq iqlimi, suv resurslarining cheklanganligi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va shaharlarda ekologik yuklamaning ortib borishi ekobino va yashil infratuzilmani rivojlantirishga yangicha yondashuvni talab etmoqda. Tadqiqotda O‘zbekiston sharoitiga mos ekobino va yashil makonlarni rivojlantirishning konseptual modeli taklif etilib, uning asosiy tarkibiy qismlari — iqlimga mos arxitektura, energiya samaradorligi, suvni tejash, ko‘kalamzorlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik materiallar va raqamli boshqaruv tizimlari belgilangan. Shuningdek, shaharsozlik va arxitektura amaliyotiga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
United Nations. Transforming our world: the 2030 Agenda for Sustainable Development. New York: United Nations, 2015.
United Nations Human Settlements Programme (UN-Habitat). World Cities Report 2022: Envisaging the Future of Cities. Nairobi: UN-Habitat, 2022.
International Energy Agency. Buildings – Tracking Clean Energy Progress. Paris: IEA.
World Green Building Council. Bringing Embodied Carbon Upfront. WorldGBC, 2019.
Olgyay V. Design with Climate: Bioclimatic Approach to Architectural Regionalism. Princeton University Press, 1963.
Beatley T. Green Urbanism: Learning from European Cities. Island Press, 2000.