Аннотация
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat subyektlarini soliqqa tortishning zamonaviy mexanizmlarini shakllantirish masalalari yangi yondashuv asosida tadqiq etilgan. Elektron savdoning an’anaviy savdodan farqli ravishda platformalar, agregatorlar, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli to‘lov kanallari orqali amalga oshirilishi soliqlarni hisoblash hamda undirish jarayonida yangi institutsional yechimlarni talab qilishi asoslangan.
Xususan, marketpleys operatorlarini soliq ma’murchiligining faol ishtirokchisiga aylantirish, kichik elektron sotuvchilar uchun avtomatik soliq hisob-kitobini joriy etish, soliq majburiyatlarini tranzaksiya sodir bo‘lgan vaqtda shakllantirish va elektron tijoratdagi soliq tafovutini qisqartirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida elektron tijorat subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib soliq majburiyatini bajarishgacha bo‘lgan jarayonni platforma asosida avtomatlashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi (2019). O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘RQ-599-son, 30 dekabr 2019-yil. Toshkent: Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
O‘zbekiston Respublikasi (2022). “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘RQ-792-son, 29 sentabr 2022-yil. Toshkent: Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2024). “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror. 885-son, 26 dekabr 2024-yil. Toshkent. Mazkur hujjatda elektron savdo platformasi operatori va elektron tijorat operatorlari faoliyatiga oid yangi talablar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident (2025). “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror. PQ-247-son, 12 avgust 2025-yil. Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2025). “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon. PF-246-son, 10 dekabr 2025-yil. Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (2026). O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 181,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, 30 yanvar 2026-yil.
OECD (2019). The Role of Digital Platforms in the Collection of VAT/GST on Online Sales. Paris: OECD Publishing.
OECD, Asian Development Bank and World Bank Group (2022). VAT Digital Toolkit for Asia-Pacific. Paris: Organisation for Economic Co-operation and Development.
Nose, M. and Mengistu, A. (2023). ‘Exploring the Adoption of Selected Digital Technologies in Tax Administration: A Cross-Country Perspective’, IMF Notes, 2023(008). Washington, DC: International Monetary Fund.
UNCTAD (2025). Indirect Taxation of E-commerce and Digital Trade: Implications for Developing Countries. Policy Review, UNCTAD/DTL/ECDE/2024/2. Geneva: United Nations Conference on Trade and Development.