YAGONA RAQAMLI PLATFORMA SHAROITIDA MOLIYAVIY MENEJMENT VA STRUKTURALASHTIRILGAN HISOBOT JARAYONLARINING INTEGRATSIYASI: XORIJIY TAJRIBA VA O'ZBEKISTON UCHUN TAVSIYALAR
pdf

Ключевые слова

yagona raqamli platforma, moliyaviy menejment, strukturalashtirilgan hisobot, XBRL, ichki nazorat, taksonomiya, moliyaviy nazorat, korporativ hisobot.

Аннотация

Tezisda korxona darajasidagi moliyaviy menejment va strukturalashtirilgan moliyaviy hisobot jarayonlarini yagona raqamli platforma asosida integratsiyalash masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda qiyosiy-institutsional tahlil usulidan foydalanilgan holda AQShning elektron hisobot va qidiruv tizimi (SEC EDGAR) hamda XBRL standarti, Niderlandiyaning yagona biznes hisoboti dasturi (SBR), Yaponiyaning moliyaviy hisobot ustidan ichki nazorat tizimi (J-SOX) hamda Yevropa Ittifoqining yagona elektron format (ESEF) talabi o'rganilgan. Tahlil natijasida samarali integratsiya moliyaviy hisobotni tayyorlash, ichki nazorat va tashqi nazorat organlariga taqdim etishni alohida-alohida emas, balki yagona taksonomiya va ma'lumot almashinuvi konturi doirasida bog'lash zarurligi asoslangan. Muallif tomonidan O'zbekiston sharoiti uchun besh qatlamli platforma arxitekturasi, uni bosqichma-bosqich joriy etish yo'l xaritasi va samaradorlikni baholash indikatorlari tizimi taklif etilgan.

pdf

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasi. — Toshkent, 2020.

U.S. Securities and Exchange Commission. EDGAR Filer Manual and XBRL Rules. — Washington, D.C.: SEC, 2023.

SBR-Nederland. Standard Business Reporting: Programme Overview. — Den Haag: Logius, 2023.

Financial Services Agency of Japan. Internal Control Report System (J-SOX): Implementation Guidance. — Tokyo: FSA, 2023.

European Securities and Markets Authority. European Single Electronic Format (ESEF) Reporting Manual. — Paris: ESMA, 2023.

IFRS Foundation. IFRS Taxonomy and XBRL Reporting Guide. — London: IFRS Foundation, 2024.