ZAMONAVIY O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTIDA BOLA KONSEPTI
pdf (Русский)

Keywords

bolalar adabiyoti, bola konsepti, bola obrazi, Anvar Obidjon, bolalik, psixologizm, estetik talqin, yumor, satira, badiiy tafakkur.

Abstract

Mazkur tezisda bolalar adabiyotida bola konseptining mazmun-mohiyati, uning badiiy-estetik va g‘oyaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Bola konsepti badiiy matnda faqat yosh qahramon obrazi sifatida emas, balki bolaning ruhiy olami, dunyoqarashi, his-tuyg‘ulari, orzu va xayollari, axloqiy qarashlari hamda ijtimoiy munosabatlarini ifodalovchi murakkab badiiy-estetik hodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda bola konseptining psixologik, axloqiy, estetik, ijtimoiy va poetik qatlamlari ajratib ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘zbek bolalar adabiyotida bola obrazining didaktik talqindan psixologik va individual tasvirga tomon rivojlanishi yoritiladi.

Mazkur jarayon Anvar Obidjon ijodi misolida tahlil qilinib, adib asarlarida bolaning mustaqil fikrlovchi, voqelikni o‘z nigohi orqali idrok etuvchi shaxs sifatida tasvirlanishi ochib beriladi. “Bahromning hikoyalari”, “Bolalikning o‘n ikki yori”, “Jannatga kirgan eshak”, “O‘g‘rilik sarguzashti” kabi asarlar misolida bola ruhiyatining badiiy ifodasi, bola va kattalar dunyosining o‘zaro munosabati, yumor va satiraning estetik imkoniyatlari tahlil qilinadi.

pdf (Русский)

References

Anvar Obidjon. Bahromning hikoyalari. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1980.

Anvar Obidjon. Masxaraboz bola. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1986.

Anvar Obidjon. Juda qiziq voqea. – Toshkent: Yulduzcha, 1987.

Anvar Obidjon. Oltin yurakli Avtobola. – Toshkent, 1988.

Anvar Obidjon. Dahshatli Meshpolvon. – Toshkent, 1989.

Anvar Obidjon. O‘g‘irlangan pahlavon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2006.

Anvar Obidjon. Mulla baqaloq. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

Ibrohimova Z. Quvnoqlikka yashiringan iztiroblar. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.

Rasulov A. O‘zlik sari yo‘l. – Toshkent: Adib, 2012.

O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. – Toshkent. Z Ziyonet