“BOBURNOMA”DA XALQ OG’ZAKI IJODI NA’MUNALARI TALQINI
pdf

Ключевые слова

“Boburnoma”, paremiya, maqol, she’riy maqol, “Boburnoma”da o‘zbek xalq maqollari, fors-tojik tilidagi maqollar.

Аннотация

Adabiyotimiz  tarixida XV asr XVI asrning birinchi yarmi o`lmas asarlarga g`oyat boyligi, bu davrda xalqimiz insoniyatga ko`pgina ilm va adabiyot daholarini yetkazib bergani bilan alohida e`tiborga loyiq. Xususan, birgina Movaraunnahrda ko’plab buyuk allomalar, yuzlab shoir-u adiblar, tarixchi va olimlar, san`at ahli sermahsul ijod qildi. Forsiy va turkiy tillarda yaratilgan durdona asarlardan ham forsiyzabon, ham turkiyzabon kitobxonlar birdek ma’naviy oziq oldilar. Har ikki tilda yaratilgan badiiy asarlar, tarixiy tazkiralar, me’muar manbalar mazmunan bir-birini to’ldirib boyitdi. Xuddi shunday durdona asarlardan biri esa shubhasiz, Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur qalamiga mansub “Boburnoma asaridir. Mazkur maqolada jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim memuar yodgorlik, oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy tarixiy-ilmiy manba hisoblangan “Boburnoma” asari xususida, inchunun asardagi paremiyalar - xalq maqollari haqida so‘z yuritiladi. “Boburnoma”ning ilmiy – amaliy ahamiyati, unda uchraydigan maqol va hikmatli so‘zlarning beqiyos qimmati, ularni o‘rganish va  tahlil etish yosh avlodni tarbiyalashda o‘ziga xos qirralari bilan alohida ajralib turishi hamda muallifning bu boradagi mahorati masalalariga urg‘u beriladi.

pdf

Библиографические ссылки

Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. Nashrga tayyorlovchi: P.Shamsiev. –Toshkent: Yulduzcha, 1989. –368 b. Misol keltirilgan maqollar sahifasi qavsda ko‘rsatilgan.