Abstract
So’nggi yillarda dunyo siyosiy maydonida ro’y berayotgan tahlikali holatlar zamirida - xalqaro ommaviy huquq nechog’lik muhim ekani yana bir bora o’z isbotini topdi desak yanglishmagan bo’lamiz. Bevosita xalqaro ommaviy huquqning subyektlari orasida vujudga kelayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy nizolar sababli sohaga oid huquq normalarini yanada isloh qilish, javobgarlikni kuchaytirish va eng asosiy jihatlaridan biri subyetklar orasidagi nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish, kuch bilan tahdid qilmaslik, xalqlarning o’zini o’zi anglash va teng huquqliligi kabi prinsip qoidalariga qat’iy rioya qilish talab qilinadi.
O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarning huquqiy maqomi garchi xalqaro normalar bilan tartibga solinib, muhofaza qilinsa ham biroq hanuzgacha ushbu subyektga nisbatan munosabat barqaror emas. Bir necha yuz yillardan beri qabul qilinayotgan deklaratsiya, nizom, xalqaro paktlar orqali ushbu subyetlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga oid ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqola xalqaro huquqning asosiy (birlamchi) subyekti hisoblangan o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarnning huquqiy subyektliligi va ularning o’ziga xos jihatlari hamda uning rivojlanish bosqichlari, huquqiy asoslari va amaliy muammolari haqida ma’lumot beradi.
References
Xalqaro ommaviy huquq (Darslik A.X.Saidov va boshqalar TDYU nashriyoti,2023
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari 1.1. Lukashuk, A.X. Saidov; -Т.: O'zbekiston faylasuflarimilliy jamiyati nashriyoti, 2007
BMTning 1960-yil ‘’Mustamlakachilikka qarshi deklaratsiya’’
Hammualliflik maqolasi 2022 yil 36-bet (SamDu )
Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva// Mualliflar jamoasi TDYU-2018 y
Tsul.library.uz