Abstract
Kiberxavfsizlik bugungi kunda zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan va axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog’liq soha sifatida rivojlanmoqda.
Internet va raqamli platformalarning global miqyosda keng tarqalishi bilan birga, bu texnologiyalarni himoya qilish, ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash va shaxsiy huquqlarni muhofaza qilish masalalari jiddiy huquqiy, etik va texnik muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi kunda kiberjinoyatlarni soni oshib borishi hisobiga davlatlarda, korxonalarda va shaxsiy qurilmalarda kiberxavfsizlik tizimini rivojlantirishga e’tiborni jalb qilish o’rinlidir. Ushbu maqolada kiberxavfsizlik axborotining huquqiy jihatlari, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, kiberjinoyatlar, intellektual mulk va xalqaro hamkorlik masalalari tahlil qilinadi.
Kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo’lgan normativ hujjatlar va qonunlar, shuningdek, ularning xalqaro miqyosda qanday tartibga solinishi va amalga oshirilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, kiberxavfsizlikning huquqiy tizimdagi roli va uning samarali qo’llanilishi nafaqat davlatlar, balki global miqyosdagi tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni talab etishini ko’rsatib o’tamiz. Maqola kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini kengaytirish va mustahkamlash uchun zarur bo’lgan strategiyalarni aniqlashga qaratilgan.
References
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (33-modda). (2023.01.05). Lex.uz. https://lex.uz/docs/-6445145
Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tashkil etish konvensiyasi. (1967). NSP.uz. https://nsp.gov.uz/outinst?id=33
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. (1996.26.08). Lex.uz. https://lex.uz/mact/-111189
International Organization for Standardization. (n.d.). ISO/IEC 17025—Testing and calibration laboratories. ISO.org. https://www.iso.org/ru/home/standards/popular-standards/isoiec-17025--testing-and-calibr.html
Kiberxavfsizlik statistikasi. (2023, November 9). Infocom.uz. https://infocom.uz/articles/kiberxavfsizlik-statistikasi