Abstract
Zamonaviy xalqaro huquqda o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlarning xalqaro huquqda subyektligi, mustaqillikni qo’lga kiritishga intilayotgan xalqlar huquqlari bilan bog’liq muhim huquqiy masala hisoblanadi. Bu mavzu, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarda xalqlarning o’z-o’zini belgilash huquqi, suverenitet va mustaqillikni ta’minlash bilan bog’liq asosiy prinsiplarga asoslanadi. O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlarning xalqaro huquqdagi subyektligi tushunchasi, bir tomondan, xalqaro huquqning rivojlanishiga va xalqaro munosabatlarda yangi subyektlarning yuzaga kelishiga ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi tomondan, bu jarayon, xalqaro hamjamiyatning mustaqillikni tan olish va himoya qilish masalalarida qanday pozitsiya tutishini ko’rsatadi.
Zamonaviy xalqaro huquq nuqtai nazaridan, o’z mustaqilligini e’lon qilayotgan xalqlar va millatlar xalqaro huquq subyektlari sifatida tan olishni talab qilish huquqiga ega. Biroq, bu jarayon nafaqat huquqiy asosga, balki xalqaro siyosat va diplomatiyaga ham bog’liq. Shunday qilib, xalqaro huquqdagi subyektlik, mustaqil davlatning tan olinishi va xalqaro munosabatlarda roli mustaqillikka erishgan xalqlar va millatlar uchun muhim huquqiy va siyosiy ahamiyatga ega.
Mazkur maqola xalqaro huquqning subyekti hisoblangan o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlarning huquqiy subyektliligi va ularning o’ziga xos jihatlari hamda huquqiy asoslari va amaliy muammolari haqida ma’lumot beradi.
References
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasining asoslari 1.1. Lukashuk, A.X. Saidov; -Т.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007
Xalqaro ommaviy huquq (Darslik A.X.Saidov va boshqalar TDYU nashriyoti, 2023.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari 1.1. Lukashuk, A.X. Saidov; -Т.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007
BMTning 1960-yil ‘‘Mustamlakachilikka qarshi deklaratsiya’’
Aleksandrova, E.S. Ajralishning qonuniyligi va uni zamonaviy xalqaro huquqda tan olish muammosi / E. Aleksandrova // 90-yillarga bag’ishlangan "Zamonaviy dunyoda xalqaro huquqiy tartib va uni mustahkamlashda Rossiyaning roli" xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. yubileyi prof. D. I. Feldman (Qozon, 2012 yil 11-12 oktyabr) / tahrir hay’ati: I. A. Tarxanov, A. I. Abdullin, G. I. Kurdyukov, R. Davletgildeev. : M.: 2014 - 319 b.
Boguslavskaya, A.L. Xalqaro huquqda "xalq" tushunchasi / A. Boguslavskaya // Xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. - 2016 yil - 2-son. - 20-22-betlar.
Velyaminov, G.M. Xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi va hududiy yaxlitligi tamoyillari o’rtasidagi munosabatlar, shuningdek, tan olish muammosi / G. Velyaminov // Davlat va huquq. - 2010. - No 10. - B. 101.
Biryukov, P.N. Xalqaro huquq: darslik. nafaqa / P.N. Biryukov. - 2-nashr, qayta ko’rib chiqilgan. va qo’shimcha - M.: Yurist, 1999. - 416 b.
Blishchenko I. P. Xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqining mazmuni // Xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi: g’oya va amalga oshirish / komp. A. G. Osipov. M., 1997. - 817.
Grushkin, D.V. Xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi: g’oyaning rivojlanishi va amalga oshirilishi tarixi // Xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi: g’oya va amalga oshirish / D. Grushkin. komp. A. G. Osipov. M.: Xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. - 2017. - 57-59-betlar.
Gurin, A.V. Xalqaro yuridik shaxs: zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari / A.V. // Savdo va sanoat huquqi. - 2009. - 4-son. - 46-49-betlar.