Abstract
Ushbu maqola Markaziy Osiyo o'rta asr shaharlarining arxitekturasi va shaharsozlik tarixiga bag'ishlangan. Maqolada shaharlarning asosiy tuzilishi, karvon yo'llarining kesishuvi va jamoat markazlarining shakllanishi haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Chorsu, ya'ni chorrahalar shahar markazlarining asosiy elementi sifatida ajratilgan bo'lib, bu joylarda jamoat imoratlari va ma'muriy markazlar o'zaro aloqalarini o'rganish mumkin. Shaharlar ichidagi ansamblar, masjidlar, madrasa va savdo gumbazlari bir-birini to'ldirib, umummarkaz va mahalla markazlarini tashkil etgan. Maqolada shaharlarning funksional jihatlari, jamoat markazlarining tuzilishi va mahalla ansambllarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o'rta asrlar shaharsozligida qurilish jarayonlarining rejalashtirilishi, badiiy g'oya va arxitektura usullari haqida ham ma'lumotlar berilgan. Ushbu tadqiqot, shaharlar tarixini chuqur o'rganish orqali Markaziy Osiyo madaniyati va arxitektura merosining ahamiyatini oshirishga qaratilgan.
References
Ubaydullayev X.M. Inogomova M.M. Turarjoy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari: Darslik. - Т.: Voris-nashriyot, 2005
Poʻlatov X. “Shaharsozlik tarixi”. Toshkent, 2008-y.
Ahmedov M.Q. “Shaharlar estetikasi” oʻquv qoʻllanma, Toshkent 2014 y;
Internet saytlari
www.lex.uz
www.arxiv.uz
www.mc.uz
www.рroekts.ru
pinterest.com
google.com