Abstract
Abdurahmon Jomiy (1414–1492) — o‘zining ilmiy, adabiy va falsafiy asarlari bilan tanilgan, o‘rta asrlar Sharq falsafasida katta iz qoldirgan mutafakkir va allomadir. Uning “Favoidu’z-Ziyoya” asarida tilshunoslik masalalari, jumladan, so‘z turkumlarining roli, ularning semantik va sintaktik vazifalari alohida tahlil etilgan. Ayniqsa, “Ism” so‘z turkumi, uning tarkibi, vazifalari va ifodalash prinsiplarini o‘rganish, Jomiyning tilshunoslikka qo‘shgan hissasini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu maqolada Abdurahmon Jomiy asaridagi “Ism” so‘z turkumi va uning ifodalash prinsipining ilmiy tahlili keltiriladi.
References
NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1
ABDURAHMON JOMIYNING “FAVOIDU’Z-ZIYOYA” ASARIDA “ISM” SO‘Z TURKUMI VA UNING IFODALASH PRINSIPI Naymanov Raximjon Xakimovich Oriental universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14766945