QORAQALPOQ XALQ MAQOLLARIDA MADANIY ONG, IJTIMOIY TAFAKKUR VA TARBIYAVIY QADRIYATLARNING AKS ETISHI
PDF

Keywords

qoraqalpoq folklori, maqollar, xalq og‘zaki ijodi, milliy tafakkur, madaniy meros, timsollilik, axloqiy qadriyatlar, mehnat etikasi, arabcha atamalar, semantik tahlil, tarbiyaviy funksiyalar, ijtimoiy ong.

Abstract

Ushbu maqolada qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodining qadimiy va barqaror janrlaridan biri - maqollar xalq tafakkuri, ijtimoiy munosabatlar, axloqiy-me’yoriy qarashlar va milliy ongning shakllanishidagi o‘rni nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Maqollar xalq madaniyatining mazmuniy ifodasi bo‘lib, unda tarixiy tajriba, mehnat etikasiga munosabat, axloqiy ideal va hayot falsafasi mujassam. Maqolada ushbu janrning tarixiy ildizlari, arab tilidan kirib kelgan atamalar asosida shakllanishi, hamda timsollilik, ko‘chma ma’no, aforizmlilik kabi stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qoraqalpoq maqollari misolida mehnat, halollik, sabr-toqat, harakat, mas’uliyat kabi ijtimoiy-tarbiyaviy tushunchalarning qanday ifodalangani ko‘rsatilib, ularning yosh avlodni ijtimoiy ongli shaxs sifatida shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, maqollarni semantik guruhlarga ajratish orqali xalq tafakkurining tizimli anglanishiga yo‘l ochuvchi metodologik asoslar taqdim etiladi.

PDF

References

Alimbaev M. O‘rnekti so‘z ortaq qazina.– Alma-Ata, 1967.

Ertedegi adabiyet nusqalari. – Alma-Ata, 1957.

Isanbet N. Xalq maqalleri. – Kazan, 1959.

Qoraqalpoq xalq naql-maqollari. – Nukus: Qaraqalpaqstan, 1995.

Q.Ayimbetov. Qoraqalpoq adabiyoti.– No‘kis, 1959.

Qaraqalpaq folklori. 4-tom. – Nukus, 1978.

Qaraqalpaq folklori naqıl-maqallar. –Toshkent, 2019.

И. Снегиров. Русские народные пословицы и притчи. – М, 1948.