Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi badmintonchilarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish uslubiyati tahlil qilinadi va takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Koordinatsion qobiliyatlarning mazmuni, ularning sportdagi ahamiyati, shuningdek, boshlang‘ich bosqichda samarali rivojlantirish uchun harakatli o‘yinlar, bosqichma-bosqich murakkablashtiriladigan mashqlar, individual va guruhli mashg‘ulotlar, innovatsion texnologiyalar va doimiy nazorat usullari taqdim etiladi. Maqola sportchilarning harakatlarni aniq va tez bajarish malakasini oshirishga, yangi texnik elementlarni o‘zlashtirishga qaratilgan uslubiy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi va amaliy tavsiyalar beradi.
References
Xasanov A.T., Tojiboyeva G.X. Koordinatsion qobiliyat va harakat aniqligini shakllantirishda muvozanat saqlash barqarorligining samaradorligi. Ilmiy tadqiqotlar jurnali 18-son, 2023.
Pulatov A.A., Savatyugin O.M., Isroilov Sh.Sh. Badminton nazariyasi va uslubiyati. Toshkent: Fan va texnologiya, 2024
Xolboyeva G.X. Badminton o‘yinida koordinatsion qobiliyatlar va natijaviylik o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlili.ilmiy jurnali, 2016
Renessans ta'lim universiteti. Badminton o‘quv qo‘llanmasi, 2023
Oliy ta'lim muassasalari talaba-qizlarining sportdagi koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha metodika. 2023
Sport pedagogik mahoratini oshirish (badminton). NamDU, 2024
Badminton sportining rivojlanishi va metodikasi. 2024
Jismoniy tarbiya va sport sohasida koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish conferences.uz 2021