RESURSLARDAN FOYDALANISH VA EKOLOGIK TAHDIDLAR QASHQADARYO VILOYATI QIYOSIDA
PDF

Keywords

Qashqadaryo, tabiiy resurslar, ekologik tahdid, barqaror rivojlanish, resurs boshqaruvi, atrof-muhit, geografik tahlil

Abstract

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida tabiiy resurslardan foydalanish jarayonining asosiy yo‘nalishlari va u bilan bog‘liq ekologik muammolar tahlil qilinadi. Hududda mavjud bo‘lgan yer, suv, foydali qazilmalar va biologik resurslar iqtisodiy o‘sishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq ularni me’yoridan ortiq va nazoratsiz ekspluatatsiya qilish tuproq eroziyasi, suv tanqisligi, havoning ifloslanishi kabi ekologik tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada resurslardan barqaror foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash yo‘llari, jumladan, zamonaviy monitoring tizimlari, ekologik normativlar va hududiy rejalashtirish takliflari ilgari suriladi.

PDF