Abstract
Ushbu maqolada realizm adabiy yo‘nalishining XIX asrdagi rivoji doirasida ayol va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar tahlil qilindi. Tadqiqot markazida uchta klassik asar: Gustave Flaubertning “Madam Bovary” (Bovari xonim), Lev Tolstoyning “Anna Karenina” va Theodor Fontanenining “Effi Briest” romanlari turadi. Ushbu asarlarda ayol qahramonlarning orzu-umidlari, shaxsiy erkinlik intilishi va jamiyat me’yorlariga qarshi borishi natijasida yuzaga kelgan ichki va tashqi ziddiyatlar yoritildi. Maqola realizmda ayol obrazining tahlili orqali XIX asr jamiyatining axloqiy, ijtimoiy-madaniy muhitini ochib beradi. Qiyosiy yondashuv asosida yozuvchilarning uslubi, ijtimoiy pozitsiyasi va fojiali yakunlar orqali bildirilgan tanqidiy qarashlar tahlil qilinadi.
References
Hamdamov U., Qosimov A. Jahon adabiyoti. Toshkent, Akademnashr, 2024
Fontane T. Effi Briest. Stuttgart, Suhrkamp Verlag, 2025
Flaubert G. Bovari xonim. Toshkent, Yangi Asr avlodi, 2022
Толстой Л. Танланган асарлар. Анна Каренина/Мирзакалон Исмоилий таржимаси. Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980