O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING NOGIRONLAR HUQUQLARI BO‘YICHA QO‘MITASI BILAN HAMKORLIGINING ASOSIY SHAKLLARI
PDF

Keywords

Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mita, konvensiya, davriy hisobot, yakuniy tavsiyalar, fuqarolik jamiyati.

Abstract

Hammamizga ma’lumki, mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq yurtimizda barcha sohalarda misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi o’zgarishlar barcha yurtdoshlarimizni mamnun qildi. Amalga oshirilgan barcha islohotlarning tag zamirida inson va uning huquq hamda erkinlikari yotadi. Mazkur islohotlar imkoniyati cheklangan shaxslarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Ular uchun hozirgi kunda ham yurtimizda qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilib kelinmoqda. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mitasi bilan hamkorligi, uning asosiy shakllari va ushbu qo’mita haqida fikr yuritiladi. Xususan, ishtirokchi davlatlarning konvensiya doirasida belgilangan davriy hisobotlarni taqdim etish tartibi, qo‘mita tomonidan ushbu hisobotlarni ko‘rib chiqish jarayoni va yakuniy tavsiyalar ishlab chiqish amaliyoti yoritiladi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati, xususan, nogironlar tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan muqobil hisobotlarining roli va ahamiyati ochib beriladi. Mazkur maqola O’zbekiston Respublikasi va ushbu qo’mitaning ikki tomonlama munosabatlari va ilk taassurotlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Umumjahon miqyosida O’zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro subyektlar bilan ushbu doiradagi xalqaro aloqalari haqida ham bir qancha muhim ma’lumotlar keltiriladi.

PDF

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

“Nogironligi bo'lhan shaxslarning huquqlari to'g'risida’’ qonun 2020-yil 15-oktabr, O’RQ-641-son

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.02.2023 yildagi PQ-74-son

https://uzbekistan.un.org/uz

Initial repot submitted by Uzbekistan under article 35

www.lex.uz