SPLAYN USULLARI ASOSIDA TIBBIY TASVIRLARGA RAQAMLI ISHLOV BERISH
PDF (Русский)

Keywords

Raqamli tasvirlar, tibbiy tasvirlarni qayta ishlash, splayn funksiyalari, bikubik interpolatsiya, raqamli filtr, gibrid algoritm, PSNR, SSIM.

Abstract

Zamonaviy tibbiyotda raqamli tasvirlarni qayta ishlash texnologiyalari inson salomatligini baholash, kasalliklarni erta aniqlash va ularni davolash samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Xususan, magnit-rezonans tomografiya (MRT), kompyuter tomografiyasi (KT) va ultratovushli tekshiruvlar orqali olingan tibbiy tasvirlarda aniqlik darajasi tashxisning to‘g‘riligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Biroq amaliy jarayonlarda olingan tibbiy tasvirlar turli shovqinlar, yorug‘lik o‘zgarishi, kontrastning yetarli emasligi yoki aniqlikning pasayishi kabi omillar ta’sirida sifat jihatidan buziladi. Natijada tasvirni tahlil qilish jarayonida xatoliklar paydo bo‘ladi va bu esa bemor holatini baholashda noaniqlik keltirib chiqaradi. Shu sababli tibbiy tasvirlarni raqamli qayta ishlash, ularning sifatini yaxshilash, shovqinlarni kamaytirish, yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklash hamda diagnostika uchun aniqroq model yaratish hozirgi kunda dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. Mavjud klassik interpolyatsion va filtratsion usullar tibbiy tasvirlarni tiklashda ma’lum darajada samaradorlik ko‘rsatsa-da, ularning hisoblash murakkabligi, silliqlik va aniqlik darajasi bilan bog‘liq cheklovlari mavjud.

PDF (Русский)

References

Zaynidinov H.N. Raqamli signallar va tizimlar uchun polinomial splaynlar. — Lap Lambert Academy Publishing, Saarbrücken, Germaniya, 2016. — 208 b.

Hodjaeva D.F. Suv isitgich baklarida haroratni boshqarishda “Internet narsalari” texnologiyasining texnik imkoniyatlari. — Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “Information Science and Communication Technologies (ICISCT 2023)”, 28–30 sentyabr, Toshkent, 2023.

Hodjaeva D.F. Aqlli rozetkalar: texnik va dasturiy xususiyatlari. — “Artificial Intelligence and Information Technologies (ICAIIT-2023)” xalqaro konferensiyasi materiallari, 3–4 noyabr, CDC Press, 2023, betlar 551–557.

Ходжаева Д.Ф., Алиева М.Х. Ishlab chiqarishda sun’iy intellektning o‘rni. — “Nauka, texnologii i obrazovanie” jurnali, 2021-yil, №4 (79), betlar 37–39. Nashriyot: “Olimp”, Rossiya.

Zaynidinov H.N., Hodjaeva D.F. Aqlli rozetkalarni boshqarishning algoritmik va dasturiy vositalari. — “Markaziy Osiyo matematik nazariya va kompyuter fanlari jurnali (CAJMTCS)”, 2023-yil, Tom 4, №12. ISSN: 2660-5309.

URL: https://cajmtcs.centralasianstudies.org