Abstract
Nutqda eng keng tarqalgan hodisalardan biri-sinonimiya. Sinonimlar –ma’nodosh so’zlar- shakli har xil, ammo ma’nosi bir xil so’zlar bo’lib, har bir tilning nutq boyligi hisoblanadi. Sinonim grekcha so’z bo’lib, bir nomli degan ma’noni anglatadi. Sinonim so’zlar nutqning ravon va ta’sirchan bo’lishiga yordam beradi, so’z boyligimizni oshiradi.
O’zbek tili sinonim so’zlarga juda boy. Fors-tojik va arab tillaridan o’zlashgan so’zlar, rus tili va u orqali kirib kelgan so’zlar bilan o’zbek tilining o’z so’zlari ma’nodoshlik qatorini hosil qiladi.Sinonimlar badiiy nutqda tasviriy vosita sifatida xizmat qiladi.Yozuvchilar sinonimlar vositasida kishilar xarakterini, voqea-hodisalarni, manzaralarni aniq va ravshan, jozibali qilib tasvirlaydilar.15-asrdayoq buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy o’zining “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida “ichmoq” fe’lining oltita, “yig’lamoq fe’lining yettita sinonimini keltirib o’tgan.
References
Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi adabiy o’zbek tili” darslik. Toshkent. Universitet 2006.
Hasanxon Jamolxonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. Toshkent. “Talqin” -2005.
X.Muhiddinova, D.Xudoyberganova, I.Umirov, N.Jiyanova, T.Yusupova “Hozirgi o’zbek adabiy tili” o’quv qo’llanma. “O’qituvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2006.