Abstract
Mazkur maqolada Agata Kristining “10 ta negr bolasi” romanida yozuvchining individual uslubi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Asarning syujet tuzilishi, ramziy elementlardan foydalanilishi, qahramonlarning psixologik tasviri va kutilmagan yakun bilan yakunlanishi yozuvchining badiiy mahoratini ko‘rsatib beradi. Roman til va uslub jihatidan sodda, lo‘nda hamda dinamik bo‘lib, o‘quvchini kuchli hayajon va qiziqishda ushlab turadi.
Shuningdek, qo‘rquv va sir saqlash texnikasining ustalik bilan qo‘llanilishi asar dramatizmini yanada oshiradi. Qahramonlarning o‘tmishda qilgan gunohlari va ularning jazoga mahkumligi roman falsafiy va axloqiy mazmunini belgilaydi. Shunday qilib, “10 ta negr bolasi” romani Agata Kristining individual yozuvchilik uslubini yorqin namoyon etadi va detektiv adabiyot rivojida muhim o‘rin egallaydi.
References
Christie, A. (2003). And Then There Were None. London: HarperCollins Publishers.
Barnard, R. (1980). A Talent to Deceive: An Appreciation of Agatha Christie. London: Collins.
Gill, G. (1990). Agatha Christie: The Woman and Her Mysteries. New York: Carroll & Graf.
Knight, S. (2004). Crime Fiction, 1800–2000: Detection, Death, Diversity. New York: Palgrave Macmillan.
Osborne, C. (2006). The Life and Crimes of Agatha Christie. London: Harper.
Tursunova, O. T. (2019). Detektiv adabiyotda syujet qurilishi va uslubiy xususiyatlar. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
Karimov, A. (2021). “Agata Kristi asarlarining o‘zbek kitobxonlari orasidagi o‘rni”. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, №3, 112–119.