BACHADONDAN ANORMAL QON KETISHI PALM - COEIN SABABLARINING TASNIFI
PDF (Русский)

Keywords

Bachadondan anormal qon ketishi (AUB), PALM-COEIN tasnifi, Polip, Adenomyoz, Leiomioma, Malignansiya va giperplaziya, Koagulyopatiya, Ovulyator disfunksiya, Endometriy, Iatrogen, Nonspefik sabablar.

Abstract

Bachadondan anormal qon ketishi (AUB) reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan eng keng tarqalgan ginekologik muammolardan biridir. Uning tashxis va davolashini yengillashtirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) va FIGO tomonidan PALM-COEIN tasnifi ishlab chiqilgan. Ushbu tasnifda sabablar ikki katta guruhga bo‘linadi: strukturaviy (PALM) va nonstrukturaviy (COEIN).

  • PALM (Polip, Adenomyoz, Leiomioma, Malignansiya va giperplaziya) — bachadonning tuzilishiga bog‘liq patologiyalar.
  • COEIN (Koagulyopatiya, Ovulyator disfunksiya, Endometriy, Iatrogen, Nomutaxassislashtirilgan) — funksional yoki boshqa tashxis bilan aniqlanadigan omillar.

PALM-COEIN tasnifi shifokorlarga AUB sabablarini tizimli ravishda baholash va mos davolash usullarini tanlash imkonini beradi.

PDF (Русский)

References

Jo‘rayev A. va boshq. Akusherlik va ginekologiya. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Fan nashriyoti, 2019.

Karimova M., To‘xtayeva D. Ayollar reproduktiv salomatligi. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2018.

Nazarova G. Ginekologiyada uchraydigan qon ketishlar va ularni davolash. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2020.

Qo‘ziyev S., Omonova S. Akusherlik va ginekologiya asoslari. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2016.

Yusupova M. Ayollarda hayz sikli buzilishlari va anormal qon ketishlar. Ma’ruza matnlari. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2021.

Toshpo‘latova D. Ayollar salomatligi va ginekologik kasalliklar. – Samarqand: SamDTI nashriyoti, 2017.

O‘zbekiston Respublikasi SSV. Ayollarda anormal bachadon qon ketishlarini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokol. – Toshkent, 2022.

Qodirova N. Endokrin ginekologiya asoslari. – Toshkent: TTA nashriyoti, 2015.

Usmonova D. Ginekologiyada shoshilinch yordam. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2019.

Matyoqubova H. Ayollarda hayz buzilishlari etiologiyasi va klinikasi. – Toshkent, 2018.