ADVOKATURA USTIDAN KO'RINMAS NAZORAT: MUSTAQILLIK ILLUZIYASINING KO'RINMAS DEMONTAJI
PDF

Keywords

Advokatura ustidan ko‘rinmas nazorat, Institutsional erkinlikning huquqiy kollapsi. Mustaqillik illuziyasi, Advokatlik faoliyatining tizimiy senzuralanishi, Huquqiy immunitet degan afsona, Tergov organlari va advokatlar o‘rtasidagi asimmetrik kuch muvozanati, Ichki yuridik senzura va repressiv jarayonlar, O‘zbekistonda advokatlikning episteme tanazzuli, Advokatning konstitutsiyaviy roli va uning delegitimatsiyasi, Davlatning yuridik monopolligi va himoyachilik suvereniteti, Prokuror-nazoratli huquq tizimi paradoksalari, Jinoyat-protsessual repressiya va kasbiy erksizlik, Advokatura: nazariy huquq subyekti yoki amaliyatdagi procedural marionetkalar?, Yashirin institutsional bosim va advokatura inqirozi, Demokratik legitimlik va advokatlar erkinligining penal kontseptsiyasi, Tashqi erkinlik, ichki g‘ulomlik: advokatlikning ikkiyoqlama jarayoni, Huquqiy ongda ‘ruxiy repressiya’ mexanizmlari, Advokaturaning post-sovet modelida egiluvchanlik sindromi, Normativ huquq va psixologik senzura o‘rtasidagi antinomiya, Yuridik mustaqillik va davlat idoraviyatining sezilmas dominatsiyasi.

Abstract

Ushbu maqola — yuridik doiradagi noqulay haqiqatlarga qaratilgan, huquqiy tizimning eng jim, ammo eng xavfli nozik joyiga — advokatura mustaqilligi masalasiga ilmiy hujumdir. Tahlil markazida: advokatning mustaqilligi borasidagi rasmiy huquqiy ritorika va amaldagi institutsional mexanizmlar o‘rtasidagi chuqur tafovut yotadi. Maqola ilk bor O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, "Advokatura to‘g‘risida"gi Qonun, Konstitutsiya va xalqaro majburiyatlar (BMTning “Advokatlarning roli to‘g‘risidagi Asosiy tamoyillar”, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi hujjatlari)ni o‘zaro taqqosloviy, dekonstruktiv metod orqali tahlil qiladi.

Asosiy g‘oya shundan iboratki: advokat mustaqilligi – faqat tashqi bosimdan erkinlik emas, balki ichki tizimiy tazyiqlardan ozod bo‘lishning huquqiy kafolatidir. Ammo O‘zbekistonda advokatura faoliyati ustidan mavjud bo‘lgan “ko‘rinmas nazoratlar” — ayniqsa tergov, sud va prokuratura tizimlarining noformal ta’siri — ushbu kafolatni illusiv mustaqillikka aylantirib qo‘ygan. Maqolada ilgari surilgan asosiy tezis shuki: agar advokat tizimdagi barqaror “fuqarolik qarshiligi”ni ifodalovchi erkin kasb egasiga aylana olmasa, huquqni himoya qilish institutining o‘zi befoyda formalizmga aylanadi. Bu maqola ilmiy ish emas — bu tizim ongini demontaj qiluvchi huquqiy manifest, yuridik jarayonlar ichidagi “tashqi emas, ichki senzura”ni fosh etuvchi tahliliy otashdir. Bunday yondashuv — nafaqat amaldagi yuridik doiralarda, balki hatto yuridik fanlar nazariyasida ham ilgari yetarlicha yoritilmagan. Shu bois maqola O‘zbekiston huquqshunoslik makonida ilk bor advokatura mustaqilligini yangi — epistemologik, institutsional va psixologik kontekstda ko‘taradi. Bu maqola — juridik doiradagi jim tahdidlar haqda. Va u jim turganlarning ongiga qichqiriqdek uriladi.

PDF

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yilgi tahrir)

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni

Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)

BMT – “Advokatlarning roli to‘g‘risidagi Asosiy tamoyillar” (Havana, 1990)

YeXHT (ODIHR): “Advokatura institutsional mustaqilligi bo‘yicha tavsiyalar” (Warsaw Guidelines, 2018)

Venesiya komissiyasi: “Sud va advokatlik instituti o‘rtasidagi konstitutsiyaviy muvozanat bo‘yicha tavsiyalar” (2017)

Human Rights Watch (2020): “Lawyers under Pressure in Uzbekistan”8. Tilly, Charles. “Coercion, Capital, and European States, AD 990–1992.” (Cambridge University Press)

Bobojonov R. “Advokatura mustaqilligini ta’minlashda davlatning konstitutsiyaviy majburiyati” // “Yuridik fanlar” jurnali, 2021.

Yodgorov I.A. “Advokatura ustidan ko‘rinmas nazorat: konstitutsiyaviy g‘oya va real amaliyot o‘rtasidagi qarama-qarshilik” (2025)

O‘zbekistonda ushbu masala bo‘yicha yozilgan birinchi va yagona murakkab, ko‘p qatlamli ilmiy maqola.