Abstract
Mazkur tadqiqot futbolchilar orasida kuch-jismoniy sifatlarni, xususan, oyoq kuchini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni shakllantirishga bag‘ishlangan.
Mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan anketa-so‘rovnomalar va ilmiy manbalarni tahlil qilish natijasida oyoq kuchini oshirish futbolchining texnik harakatlarini samarali bajarish uchun muhim omil ekanligi aniqlandi. Shu maqsadda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Namangan viloyati futbol akademiyalarining 13–14 yoshli futbolchilari ishtirokida tajriba mashqlari o‘tkazildi. Tadqiqotda Adidas miCoach Smart Ball to‘pi yordamida zarba kuchi o‘lchandi. Nazorat mashqlari darvozadan to‘pni o‘yinga kiritish, burchak zarbasi, jarima zarbasi, uzoq masofadan zarba va 11 metrlik jarimalar bo‘yicha tashkil etildi. Har bir akademiya vakillari amplua (darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi) bo‘yicha guruhlarga ajratildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Toshkent viloyati futbol akademiyasi darvozabonlari o‘ng oyoqda 86,5 km/soat, chap oyoqda 84,5 km/soat tezlikda zarba bera olishgan. Toshkent futbol akademiyasi o‘rtacha 84,5–85 km/soat, Namangan futbol akademiyasi esa 65–74 km/soat diapazonida natijalar qayd etdi. Uzoq masofadan zarba testlarida Toshkent viloyati akademiyasi vakillari 89,5 km/soat tezlikda zarba berishgan. Olingan ma’lumotlar yosh futbolchilarda oyoq kuchini rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar zarurligini ko‘rsatadi.
Tadqiqot natijalari o‘quv mashg‘ulotlarini yanada samarali rejalashtirishga ilmiy asos yaratadi.
References
Abduqahhorov S. S. S. Innovatsion vositalardan ustuvor foydalanish asosida o‘quv mashg‘ulot guruhi futbolchilarining kuch sifatini oshirish. – Toshkent: O‘zDJTSU, 2024.
Karimov B. Futbol nazariyasi va uslubiyati asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
Qodirov A., Nurmatov S. Yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish usullari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
Mamatqulov I. Futbolchilarning kuch sifatlarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar. – Sport ilmiy jurnali, №2, 2022.
Saidov J. Futbol mashg‘ulotlarida plyometrik mashqlar tizimi. – Toshkent: O‘zDJTSU nashriyoti, 2023.
Bompa T., Buzzichelli C. Periodization: Theory and Methodology of Training. – Human Kinetics, 2019.
Reilly T., Williams A. M. Science and Soccer. – London: Routledge, 2020.
Bangsbo J. Fitness Training in Football: A Scientific Approach. – Copenhagen: University of Copenhagen Press, 2018.
FIFA Technical Report. FIFA Talent Development Scheme Guidelines. – Zurich: FIFA, 2022.
UEFA Academy. Developing Young Players: Modern Methods and Tools. – Nyon: UEFA Publishing, 2021.
Kholmatov R. Yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini baholash. – O‘zbekiston sport ta’limi jurnali, №3, 2022.
Bompa T., Carrera M. Conditioning Young Athletes. – Human Kinetics, 2018.
Verkhoshansky Y. Fundamentals of Special Strength Training in Sport. – Moscow: Fizkultura i sport, 2017.
Nosirov O. Sportchilar jismoniy sifatlarini shakllantirishda kuch mashqlarining o‘rni. – Toshkent, 2020.
Ismoilov U. Futbolchilarda zarba kuchini oshirish mashqlari tizimi. – Sport nazariyasi jurnali, №4, 2021.
Gissis I., Papadopoulos C. Kinematic Analysis of Soccer Kicking Performance. – Journal of Human Movement Studies, 2019.
Ali A. Measuring Physical Performance in Football: Reliability and Validity of Testing Protocols. – Sports Medicine Journal, 2021.
Sodiqov D. Futbolchilar oyoq mushaklarining kuchini rivojlantirishda texnik vositalar. – Toshkent: Innovatsion sport nashriyoti, 2022.
Adidas R&D Department. Smart Ball miCoach User Manual and Performance Data Interpretation. – Germany: Adidas Group, 2020.
Barlett R. Introduction to Sports Biomechanics. – Routledge, 2020.
Platonov V. Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. – Kyiv: Olimpijskaya literatura, 2015.
Narzullayev Sh. Yosh futbolchilar mashg‘ulot jarayonida kuch va tezlik sifatlarini uyg‘un rivojlantirish. – Toshkent, 2023.
Yuldashev E. Jismoniy tayyorgarlikni baholashda zamonaviy o‘lchov texnologiyalari. – Sport fanlari jurnali, 2021.
Bompa T., Haff G. Periodization for Sports. – Human Kinetics, 2021.
Abdullaev A. Futbolchilarning o‘yin faoliyatida kuch ko‘rsatkichlarini tahlil qilish. – Toshkent: O‘zDJTSU, 2022.