Abstract
Ushbu ilmiy ishda 3–4 yoshdagi bolalarda ijtimoiy me’yor va qoidalarga amal qilishni o‘rgatishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy xulq-atvori, emotsional rivojlanishi, o‘yin faoliyati va kattalar bilan muloqoti asosida ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirish mexanizmlari o‘rganilgan.
Kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yoshda bola ijtimoiy qoidalarga mantiqan emas, balki hissiy tajriba orqali amal qiladi. Shuning uchun ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatishda o‘yin faoliyati, kattalarning shaxsiy namunasi, ijobiy emotsional muhit, rag‘bat va doimiy muloqot muhim o‘rin tutadi. Ishda 3–4 yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning axloqiy ongini shakllantirishda tarbiyachi va ota-onaning o‘zaro hamkorligi ahamiyati yoritilgan.
Natijalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-axloqiy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.
References
Z.T.Nishanova, G.Kalimova, A.G‘.Turg‘unboyeva, M.X.Asranboyeva – Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi – Toshkent:2017
S.X.Jalilova, S.M.Aripova – Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi – Toshkent:“Faylasuflar” nashriyoti , 2017
B.R.Djurayeva, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova – Maktabgacha ta’llim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari – Toshkent:2015
Tuyevich K. B., Shukurovna K. M. Communication and development of pedagogicalculture of the future teacher //Вопросы науки и образования. – 2020. – №. 35 (119).
M.M.Yo’ldasheva - Yoshlar tarbiyasida ma’naviyatning o‘rni - Modern Science and Research 2023Volume 3, Issue 3 ISSN:2181-3906 03.16.2024 399-403 betlar