O‘ZBEK HUJJATCHILIGINING TARIXIY RIVOJI VA HOZIRGI HOLATI
PDF

Keywords

hujjat, qadimgi davr, yozma hujjatlar, arxiv, davlat tilida ish yuritish, hujjat turlari, me’yoriy-uslubiy hujjatlar, zamonaviy hujjatchilik tizimi, raqamli tizim, rivojlanish.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek hujjatchiligining tarixiy shakllanish bosqichlari, uning ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq holda rivojlanishi hamda zamonaviy hujjatchilik tizimining shakli va mazmuni tahlil qilinadi. Avvalo, qadimgi turkiy davrlardan boshlab yaratilgan bitiklar, o‘rta asr sharqona devonxona an’analari va xonliklar davriga xos hujjatlar misolida milliy hujjatchilik maktabining asoslari ochib beriladi.

Keyingi bosqichda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat boshqaruvi, idoraviy ish yurituv va normativ-huquqiy tizimning takomillashuvi jarayonida hujjatchilikning standartlashuvi va unifikatsiyalashuvi yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida elektron hujjat aylanishi, raqamli arxivlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlarning zamonaviy talablarga mos holda ishlab chiqilishi kabi yo‘nalishlardagi yutuqlar keng o‘rin olgan. Maqola hujjatchilikning bugungi holati, rivojlanish istiqbollari va uni takomillashtirishga oid takliflar bilan yakunlanadi.

PDF

References

M.Aminov va boshqalar. Davlat tilida ish yuritish; Amaliy qo‘llanma.-Toshkent; O‘ZBEKISTON NASHRIYOTI,2020. 572 b.

A.Madvaliyev,M.Aminov, N.Mahkamov,N.Mahmudov, Y.Odilov va boshqalar.Davlat tilida ish yuritish.-Toshkent,2021.